Sayyida Shamsiddinovna
6 subscribers
37 photos
15 videos
7 files
42 links
Download Telegram
Forwarded from Sayyida Zayniddinova
Bugungi kundan parcha

6 yil… avvalari juda uzoq tuyilgan muddat ko’z ochib yumguncha o’tib ketdi. Bu vaqt mobaynida, nafaqat, tibbiy bilimlarga ega bo’ldik va yana ahil kursdoshlar, butun umrlik do’stlar, esda qolarli xotiralar, hayotdan olishimiz kerak bo’lgan saboqlarni oldik. Butun umrlik xotiraga aylangan “oltin davrimiz” bugun shifokorlik qasamyodini qabul qilish bilan yakunlandi.
Forwarded from Sayyida Zayniddinova
Shu o’rinda, bu kichkina muvaffaqiyat ostida mani injiqliklarimni ko’taradigan oila a’zolarim, yaqinlarim turibdi, bu diplom — sizniki. (hali qo’limga tegmadi lekin 😅(3 yildan keyin olsam kerak)
Siz borsizki mani baxtim butun, borligingiz uchun Allohimga shukur.

@sayyidazayniddinova
Endilikda familyam bilan emas otamning ismi bilan insonlar murojaat qilishini xohlayman. Shuning uchun blog nomini ham o’zgartirib qo’ydim :)

Yangi kanal yangi nom ostida 😁

@sayyidashams
Hayot bir marta beriladi. Uni imkon qadar qiziqarli qilib o’tkazishga harakat qilish kerak.

@sayyidashams
🌸 Orxideya guli doimo meni o’ziga jalb qilgan, ranglari betakrorligi, yaproq shaklining o’ziga xosligi, yaproqlarining qalinligi bilan qimmatbaho gulligini ifodashi, qishki mavsumlarda ham yorqinlik ulashishi bilan yoqtirardim.

Bugun bu gul haqida yana ajoyib ma’lumot o’qib qoldim:
Yer yuzida ilk bor ochilgan gul orxideya guli ekan va boshqa gullar uning avlodidan ekan. Shuning uchun bir insonga orxideya sovg’a gilmoq
"Mening hayotimda birinchi bor ochilgan gulimsan" degan ma'noni anglatar ekan.


Endi bu gulni ko’proq yoqtirib qoldim 🥰

Aytgancha gul parvarish qilish, ayollik energiyasi oshiradi. Siz qanday gullarni uyingizda parvarish qilasiz?

@sayyidashams
🥰2
Til ofatlaridan o’zim uchun esdalik :)
Har doim birinchi qadam tashlash qiyin, keyin davom etaveradi )

(Biror kursga borish, uyni tozalash, imtihonga tayyorlanish,…)

Hattoki biz qo’limizni 15 gradusga ko’targanimizda katta energiya sarflanadi, baquvvat mushaklar ishtirok etadi, 45 yoki 90 gradusga ko’tarish keyin nisbatan yengilroq bo’ladi.

Har doim boshlash qiyin…

@sayyidashams
💯4
“Be Woman” birinchi Markaziy Osiyodagi ayollar forumi, juda o’zgacha o’tdi. O’zimga yangi kumirlar topdim 😁

Shunday insonlar borki, ular shunchaki aqlli gaplarni aytib, mediada auditoriya yig’ib olgan emas, haqiqatda harakatlari, natijalari so’zlaydigan, muvaffaqiyatli 35 nafar nafaqat Markaziy Osiyodagi balki, Britaniya, Fransiya, AQShdagi lider ayollarni jamlagan forum bo’ldi:

• Har bir ayol baxtga munosib, ayniqsa, o’sha baxt qurshovida yashashga;

• Qachonki harakat qilishni boshlasang, shubhalar ketadi;

• Ayolning bir o’zi orzulariga erishishi mumkin, ammo global orzularga erishish uchun oila a’zolari, yaqinlari bilan birgalikda harakat qilishi kerak;

• Ayollar va erkaklar bir-biri bilan raqobat qilishi uchun yaratilmagan, ular bir-birining kuchini yanada orttiradi;

• Muvaffaqiyatli erkak ortida aqlli ayol turadi, muvaffaqiyatli ayol ortida yana ayol turadi 😅 (chunki ona jamiyatni tarbiyalaydi);

http://bewoman.asia
https://www.instagram.com/bewoman.asia/
🔥3👍2🏆1
This media is not supported in your browser
VIEW IN TELEGRAM
👍2🤩2🔥1
Ramazon hayiti barchamizga muborak bo’lsin 🥳

Uydagilar uchun biz hali ham xo’rozqand yeydigan yoshdamiz 🤗😁
🥰6
Sahoyatimizning 1-kunidan xulosalar 😇
🥰3🤩1